2019-2020 oʻquv yili uchun oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalari va Davlat xizmatlari markazlari orqali roʻyxatdan oʻtganlaridan soʻng ularning har biriga Davlat test markazining dtm.uz saytida shaxsiy kabinet ochildi. Bu shaxsiy kabinet orqali abituriyentlarga kerakli maʼlumotlar, xususan, test sinovlariga kirish uchun ruxsatnomaning elektron varianti yuboriladi.
Abituriyentlar joriy yilning 20-iyulidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalariga yoki Davlat xizmatlari markaziga bormasdan turib ham ruxsatnomani oʻzlari mustaqil printer orqali rangli yoki rangsiz holda chiqarib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki 09-forma) va shu ruxsatnoma bilan test sinovlari jarayoniga borishlari mumkin boʻladi.
Yuqorida dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kirish tartibi bilan tanishishingiz mumkin.