Andijon davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya kafedrasida Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlaridan kitobxonlik bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
“Adabiyot dunyoning sakkizinchi mo’jizasi” nomli adabiy-badiiy kecha kafedra assistenti G.A.Turabidinova boshchiligida Pediatriya fakulteti 207-guruh talabalari tomonidan tayyorlandi.
Ushbu kecha adabiyotimizning yorqin namoyondasi yozuvchi O’tkir Hoshimov hayoti va ijodiga bag’ishlandi.
Tadbir davomida yozuvchining asarlaridan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida Pediatriya fakulteti dekani A. A.G’ofurov so‘zga chiqib kitobxonlik inson kamolotida alohida o‘ringa ega ekanligi, kitob o‘qish insonning dunyoqarashini kengaytirib atrofidagi insonlarga e’tibor bilan qarashga o‘rgatishini aytib o‘tdi.
“Adabiyot dunyoning sakkizinchi mo’jizasi” nomli adabiy-badiiy kechada Normal fiziologiya kafedrasi mudiri A.G.Xudoyorova va kafedra xodimlaridan I.B.Zulunova, A.M.Bozorova, D.R.Ergashevalar ham so‘zga chiqib tadbirni tayyorlagan talabalarga o‘z minnaddorchiliklarini bildirish bilan birga kitobxonlikning fazilatlari yuzasidan o‘z fikrlarini aytib o‘tishdi.
Adabiy-badiiy tadbir ishtirokchilari “Adabiyot dunyoning sakkizinchi mo’jizasi” ekanligi yana bir bor xis qildilar.
Kozimjon Baydullaev,
ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari