Kuni kecha Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi direktori akademik F.G.Nazirov rahbarligida tibbiyot fanlari doktori, professor F.Sh.Baxriddinov va U.A.Murotovlardan iborat bir guruh tajribali mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga tashrif buyurdilar. Shu kuni soha mutaxassislari ADTI klinikasi umumiy jarrohlik kafedrasi va 2-xirurgiya bo‘limida bo‘lishib, bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdilar hamda o‘zlarining kerakli tavsiya va maslahatlarini berdilar.
Shuningdek, ular ishtirokida bo‘limda uzoq vaqt davomida davolanib kelayotgan, respublika tibbiyot markazlariga borishga imkoni bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarda va yosh bolalarda murakkab yurak va qon-tomir xastaliklari bo‘yicha tashrixlar o‘tkazildi.
Tashrix jarayonida akademik F.Nazirov, F.Baxriddinov, U.Murotovlar hamda ADTI klinikasi 2-xirurgiya bo‘limi umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.Z.Salohiddinov, bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari doktori A.L.Qosimov, tibbiyot fanlari doktori, professor H.T.Musashayxov, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent B.X.Matkarimov, tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra assistenti A.Sh.Turg‘unovlar qatnashdilar.
Murakkab yurak va qon-tomir xastaliklarida olib borilayotgan tashrixlar muvaffaqiyatli o‘tmoqda.