Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash hamda tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari 2019 – yil 1-mart kuni Asaka shahrida “Ko`krak bezi saratoni” mavzusida tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikda aholiga sog‘lom turmush tarzi qoidalari va asoslari xususida tushunchalar berib o‘tildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka ja’mi 22 nafar malakali mutaxassis: pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, bolalar travmatologi, psixiatrlar jalb etildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik davomida 322 nafar aholi ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikda 110 nafar aholida surunkali xastaliklar aniqlandi. Bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan kerakli maslaxatlar berildi. Tumandagi 115 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli xil surunkali va yuqumli xastaliklar bo‘yicha kerakli maslahatlar berdilar.