2019-yil 20-aprel kuni ADTI 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi anjumanlar zalida 1-akusherlik va ginekologiya, fakultativ pediatriya va neonatologiya va gospital va shoshilinch pediatriya kafedralari hamkorligida “Актуальные проблемы невынашивания беременности. Вопросы профилактики невынашивания беременности в современном акушерстве” mavzusida talabalar ilmiy konferensiyasi tashkil etildi.
Konferensiya avvalida 2–akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, dotsent X.Nigmatshayeva professor-o‘qituvchilar va talabalarni anjumanga tashrifidan mamnun ekanligini bildirib, tadbirni ochib berish uchun so‘zni ustoz shifokor, kafedra asoschisi, professor T.Q.Muhiddinovaga berdi.
Ustoz konferensiya ishini ochib, barcha ishtirokchilarni tabriklar ekan, yoshlarni o‘z kasbini sevib, ilm-fan sirlarini qunt bilan o‘rganishga, bemorlarga zarur yordamni o‘z vaqtida to‘g‘ri va samarali ko‘rsata bilishga chorladi.
Konferensiyada 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, dotsent D.Asranqulova, fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, dotsent B.Inaqova, gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi mudiri, dotsent M.G‘anievalar so‘z olib, bugungi kun talabalarining izlanuvchanligi, bilim va iqtidori, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va intilishlari, xususan, bugungi kun talabasiga qo‘yilayotgan talablar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Anjuman kun tartibiga qo‘yilgan institutning iqtidorli talabalari va magistrlari M.Usmanova, D.Karimova, N.Madjidova, Z.Inaqova, M.Axmedova, N.Abdumo‘minova, A. Muhammadxanov, M.Mirzaabdullaev, Sh.Oripova, G.Haydarova, U.Teshaboev singari yosh tadqiqotchilarning o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlagan taqdimot ma’ruzalari tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘ldi. Talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘zlari uchun ko‘plab yangi ma’lumotlar olib, kelgusida ish faoliyati uchun zarur ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar. Barcha ustozlar yoshlarga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.