Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda institut prorektorlari, doktorantura va klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar haqida fikrlar bildirdi. Farg‘ona viloyati tibbiyot muassasalaridagi mavjud ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatidagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislari ham bu boradagi fikrlarini bildirdilar. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.
Farg‘onalik ish beruvchilar bilan ochiq muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
A.Ziyaev
ADTI marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i