Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Rostok universiteti 600 yillik yubiley munosabati bilan Germaniya davlatiga qilgan tashrifi davom etmoqda.
Germaniyaning Rostok universiteti rektori, janob Volfgang Sharek Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida har ikki oliygoh o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy, davolash hamda akademik va talabalar mobilgi bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Tibbiyot biotexnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yaratishga kelishib olindi.
Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Rostok universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida bo‘lib, klinikadagi endoxirurgiya, qon-tomir xirurgiyasi, jigar xirurgiyasi, hamda transplantologiya yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi davolash texnologiyalar bilan tanishtilar. Mutaxassislar bilan fikr almashildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Germaniya Rostok universiteti faoliyati bilan tanishuvi davom etmoqda.
ADTI axborot xizmati