Ta’til vaqtda talabalarning ilm olishlari bilan birga ma’naviy-ma’rifiy jihatdan kamolga yetib borishi murabbiylar zimmasida. Shuning uchun ham o‘z guruhlariga chuqur mehr qo‘ygan murabbiylar talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lishmoqda. Jumladan, davolash fakultetining murabbiylaridan Sardorbek Shokirov o‘z talabalarni masofaviy mashg‘ulotlardagi ishtirokini nazorat qilish bilan birga ilmiy izlanishlar olib borishlarida ham yaqindan ko‘mak bermoqda.
Sardorbek 302-gurux talabasi Zulfiqor Abduraxmonovning tibbiyot sohasidagi qiziqishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab bormoqda.
Davolash fakulteti 201-gurux murabbiyi Nabijon Razzaqov talabalarning tibbiy kimyo fanidan chuqur bilimga ega bo‘lishlariga intilmoqda.
Umumiy jarroxlik kafedrasi assistenti Jasurbek Butaboyev esa davolash fakultetining 326-, 327-, 328-guruxlari talabalari bilan muntazam bog‘lanib ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bormoqda.
Jasurbek talabalar bilan muloqotlari davomida ularning nimalar bilan mashg‘ulligini kuzatib bormoqda, musiqa, kompyuter texnologiyalari kabi yo‘nalishlarga qiziqqan talabalarga har tomonlama yordam bermoqda.
Talabalar ham murabbiylarining beminnat ko‘maklaridan mamnun bo‘lishib ular bilan har kuni onlayn muloqotda bo‘lishmoqda.
Bekmirza Toshpo‘latov
ADTI davolash fakulteti Murabbiylar kengashi raisi