Assalomu alaykum, hurmatli kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar!
2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba suv ombori atrofida yashovchi 70 mingdan ortiq aholi boshqa hududlarga ko‘chrilgan. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarga viloyatimizdan gumanitar yordam yuborildi.
Institutimiz professor-o‘qituvchilari ham muborak ramazon kunlarida ushbu jarayondan chetda qolmaydilar deb o‘ylaymiz.
Insonparvarlik yordami, turlicha kurinishda 2020-yil 4-5 may kunlari institut binosida jamlanishi rejalashtirildi.
Pul mablag‘i ko‘rinishidagi yordam quyidagi plastik karta raqamiga jamlanadi: 8600 3329 5380 5359
Ma’lumot uchun tel: (93) 786-51-20, (90) 547-00-10