Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining to’rtinchisida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish ko’zda tutilgan.
Mazkur tashabbus bo’yicha ADTI Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi professor-o’qituvchilari, shifokor-tinglovchilar bilan birgalikda Andijon shahar 4-umumiy o`rta ta’lim maktabiga tashrif buyuri, ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.
Tadbirni davomida maktabning 7-8 sinf o’quvchilariga “Ajdodlarimiz me’rosi” mavzusida suxbat o’tkazi, Alisher Navoiy asarlariga bag’ishlangan sherxonlik tashkil qildilar.
Tadbir yakunida she’rxonlikda aktiv qatnashgan o’quvchilariga esdalik kitoblari sovg’a qilindi.
J.M.Xudayberdiyev
VMOF dekani o’qinbosari