2019- yil 26-27 fevral kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida “Mega Master” Respublika ilmiy-amaliy tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda stomatologiya fakulteti 4- bosqich talabalari B.Umurzaqov va O’.Abdumalikov, 3- bosqich talabasi I.Turg’unboyevlar ishtirok etdilar.
Ular tanlov natijalariga ko’ra umumjamoa hisobida 3- o’rinni egallash bilan birgalikda “Eng yaxshi implantolog”, “Eng yaxshi sinuslifting”, “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalarida sertifikatlarni qo’lga kiritgan holda zafar quchib, institutga yorug’ yuz bilan qaytdilar.
G’alaba muborak aziz ilm izlanuvchilari!