Karantin vaqtida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Andijon viloyat “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi” shtabi – “Call center”da Andijon davlat tibbiyot institutining yosh volyontyorlari ish olib borishmoqda.
Tibbiy profilaktika yonalishi 3-kurs talabasi Muhammadyusuf Yusupov, pediatriya fakultet 5-bosqich talabasi Dilmurodjon Nazirov va magistratura yo‘nalishining 3-kursida taxsil olayotgan Boburbek Abdulazizxojiyevlar 1197 qisqa raqamlari orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yo’qotganlarga uylaridan chiqmasliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, dori-darmonlarni yetkazib berishda ko‘maklashmoqdalar.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ADTI BT