Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qahharov boshchiligida davolash fakulteti 404-guruh talabalari J.Umurzakov, I.Ziyaev, 306–guruh talabasi R.Tursunova hamda bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi magistratura yo‘nalishi 1-kurs magistranti D.Abdurahmonovalar Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasi Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida “Spasi i soxrani” shiori ostida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan III Butunrossiya xalqaro olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Mazkur xalqaro olimpiadada Andijon davlat tibbiyot institutining “Ibn Sino avlodlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladilar. Ular 1-darajali diplom, sertifikatlar hamda kubok bilan taqdirlandilar.