Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sharoitida ta’til vaqtida talabalar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, beshta tashabbus doirasida e’lon qilingan tanlov bo‘yicha talaba-yoshlardan ko’plab ijodiy ishlar kelib tushmoqda.
Yuqoridagi va quyidagi suratlarni Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 211-gurux talabasi Abdulaziz Raximjonov chizgan.
Kasb ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Xusniddin Abduvaliyev esa mana bu suratni chizibdi.
Aziz talabalar, kitob o‘qish, rasm chizish, yangi kuy, qo‘shiq yaratish bilan bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazing. Ijod namunalaringizni esa do‘stlaringizga ham ilining.