Andijon davlat tibbiyot institutida «O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi” mavzusida seminar o‘tkazildi – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot institutida «O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi” mavzusida seminar o‘tkazildi

17:26 04.04.2019

Bugun, 4- aprel kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida «O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon Mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari, magistrlar, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar ishini ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor G‘.Hodjimatov ochib, mamlakatimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, jumladan, oliy ta’lim maskanlarini, tibbiy-dignostika va davolash muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, laboratoriyalar tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligini, bugungi kunda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jihozlarni olib kelib o‘rnatish, tashxis va davolashda to‘g‘ri qo‘llay bilish, ta’mirlash borasida yuksak malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, hozirgi  kunda Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Koreyaning Tegu universiteti, Portugaliyaning  Setubal politexnika universiteti  hamkorlikda  ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha  institutlararo  magistratura   tajribaviy dasturi asosida  “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari  va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan yoshlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotganligini aytib o‘tdi.  Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori N.Mo‘minov so‘zga  chiqib, loyiha to‘g‘risida o‘zining ijobiy fikrlarini aytdi va loyiha ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, Mashinasozlik instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z.Jo‘raev  “O‘zbekistonda klinik injeneriya qo‘shma magistrlik dasturining maqsad va vazifalari”  mavzusida  taqdimot-ma’ruza qildi.      Andijon davlat tibbiyot instituti Biologik fizika, informatika va tibbiy texnologiyalar kafedrasi mudiri  Sh.G‘ulomovning  “AIF grant loyihasining mexanizmlari va bosqichlari” mavzusidagi  taqdimot –ma’ruzasini seminar  qatnashchilari katta qiziqish  bilan tingladilar.      Seminar yakunida ishtirokchilar O‘zbekistonda tibbiyot injeneriyasini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishdagi soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha  o‘zaro fikr almashdilar hamda loyiha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirib oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!