O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Andijon viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Andijon shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi bilan Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda maharot darsi – master klass o‘tkazildi.
Andijon viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Andijon viloyati Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Furqat Abdug‘afforovich Abduqodirov hamda Andijon shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Temurbek Turdialiyevlar bilan birgalikda FVB xodimlari Andijon Davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti 203-, 205-, 206-guruh talabalariga favqulotda vaziyatlarda foydalaniladigan asbob-uskunalari ishlash sharoitlari bilan yaqindan tanishtirib chiqishdi.
Undan keyin harbiy kafedra boshlig‘i A.N.Nasriddinov, kafedra o‘qituvchisi Q.K.Sharipov hamda R.A.Ibragimovlar FVB xodimlari bilan birgalikda “Favqulotda vaziyatlarga tinch aholiga tibbiy yordamni tashkillashtirish” mavzusida master klass o‘tkazildi. Master-klass vaqtida Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda Mudofaa hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi birgalikda olib borishi kerak bo‘lgan vazifalar mashq sifatida ko‘rsatildi va buni xodimlar ish vaqtida qo‘llanishini aytib o‘tildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti 2-bosqich Stomatologiya fakulteti talablarida bu o‘tkazilgan master klass darslari katta taassurot qoldirildi.
Akmaljon Nasriddinov
ADTI Harbiy tayyorgarlik va
fuqaro muhofazasi kafedrasi boshlig‘i