ANDIJON VILOYATI BO‘Z TUMANIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKLAR O‘TKAZILDI – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

ANDIJON VILOYATI BO‘Z TUMANIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKLAR O‘TKAZILDI

13:52 17.07.2019

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  hizmat, sifat va samaradorligini yahshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, 2019 yilning 10-16-iyul kunlari Bo‘z tumani TTBga qarashli 20-QOP, Pahtakor, T.Mirzaev QVPlarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, hirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog mutahassislaridan iborat 14-16  nafardan jami 98 nafar malakali professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tibbiy ko‘riklar davomida tuman aholisining 2684 nafari ko‘rikdan o‘tkazildi va ushbu aholi orasida 3841ta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rikdan o‘tganlar o‘rtasida 784 nafarida turli hil surunkali xastaliklar  aniqlandi va kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 24 nafar fuqarolar joylarga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha hududlardagi 1842 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli hil surunkali va yuqumli hastaliklar to‘g‘risida va ularni oldini olish bo‘yicha kerakli maslahatlar, hamda 4 ta davra suhbati o‘tkazib berdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!