Andijonda «Profilaktik tibbiyot: Bugun va ertaga» Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijonda «Profilaktik tibbiyot: Bugun va ertaga» Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda

18:12 07.06.2019

2019-yil  7-iyun kuni Andijon shahridagi muhtasham Yoshlar saroyida “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiyada jahonning turli mamlakatlaridan hamda respublikamizning  barcha viloyatlaridan  taniqli olimlar, mutaxassislar, fan doktorlari, sog‘liqni saqlashning yuqori malakali tashkilotchilari  ishtirok etdilar.

Anjumanni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov ochib, barcha yig‘ilganlarni qizg‘in tabrikladi va anjuman ishini ochiq deb e’lon qildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shadmanov, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  professori, respublika morfologiya monotematik kengash raisi Sh.Ahmedovlar so‘zga chiqishib, tabrik nutqlarini so‘zladilar.

Shuningdek, konferensiyaning plenar yig‘ilishida  ADTI professori, akademik N.Mamasoliev “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar skriningi va profilaktikasi: 2019-yil innovatsiyalari global yakunlari”, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori R.Mamutov  “O‘tkir miokard infarkti Milliy registrini yaratish istiqbollari”,  hindistonlik mutaxassis Sunil Prakash  “Buyrak transplantatsiyasi: davolanmaydiganni davolash”, professor A.Yuldashev  “Ichaklar normal mikrobiosenozi – barkamol rivojlanish va kasalliklar profilaktikasi asosi”, AQShning Michigan universiteti professori A.Dadaboev “Turli  surunkali og‘riqlarda  ratsional farmakoterapiya prinsiplari”, shuningdek, boshqa soha mutaxassislari ham dolzarb   mavzularda ma’ruza qildilar.

Kunning ikkinchi yarmida, anjuman 4 ta seksiyaga bo‘lingan holda: ADTI ilmiy kengashlar zali, birinchi va ikkinchi ma’ruzalar zallarida o‘z ishini davom ettirdi.

Anjuman yuqori ilmiy ruhda va taassurotlarga boy tarzda o‘tmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!