Andijon davlat tibbiyot institutida 2019-2020 o‘quv yilida Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga kirish uchun og‘zaki imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan tashrif buyurgan umumiy amaliyot shifokorlari «Akusherlik va ginekologiya», «Endokrinologiya» , «Pediatriya», «Ichki kasalliklari» va «Tibbiy radiologiya (ultratovush diagnostikasi)» mutaxassisliklari bo‘yicha imtihon topshirdilar.
Imtixon boshlashdan avval atestatsiya hayati raisi, ADTI rektori professor M.M.Madazimov talabgorlar bilan suhbatlashib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 31-oktyabrdagi 269-sonli «Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga qabul qilish to‘g‘risida»gi buyrug‘i mohiyatini yana bir bor tushuntirdi va talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat tiladi.