Andijon davlat tibbiyot institutida bitiruvchi 6-kurs talabalarining qishki yarim yillik attestatsiya imtihonlari davom etmoqda
Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov raisligidagi hakamlar hay’ati 6-kurs talabalarining amaliy ko‘nikmalarini imtihondan o‘tkazmoqda.
Institut simulyasion markazida poliklinik pediatriya va neonatologiya mutaxassisliklari bo‘yicha o‘tkazilayotgan yarim yillik attestatsiya imtihonlarini ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.To‘ychiev, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, fakultet dekanlari A.Gafurov, B.Mamatov, dekan o‘rinbosarlari Z.O‘tanov, K.Yulchievlar kuzatib borishmoqda.
ADTI axborot xizmati