Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar xirurgiyasi kafedrasida dotsent Mamasoli Allayevning “Bolalarda qorin bo’shlig’i a’zolari otkir xirurgik xastaliklarini diagnostikasi va davolash usullari” mavzusida ochiq ma’ruzasi o‘tkazildi.
Unda kafedra xodimlari, pediatriya fakultetining 4-kurs talabalari, magistr va klinik ordinatorlari ishtirok etdilar. Ochiq ma`ruza qiziqarli, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`tdi.