Aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o`qituvchilari, 2019- yil 12-iyul kuni Bo`z tumani Paxtakor QVPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikda VMO va QT fakulteti mutaxassislaridan iborat ja’mi 11 nafar malakali professor-o`qituvchi ishtirok etdi.
Tibbiy ko`rik davomida tuman aholisining 429 nafari ko`rikdan o`tkazildi. Ko`rikda surunkali xastaliklar aniqlandi va fuqarolarga kerakli maslahatlar berildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 18-dekabrdagi “Yuqumli bo`lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlarini to`g`risida”gi PQ 4063-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo`yicha 34 nafar fuqaroga institut professor- o`qituvchilari tomonidan sog`lom turmush tarzi, turli xil surunkali va yuqumli xastaliklar to`g`risida va ularni oldini olish bo`yicha, kerakli maslahatlar berildi.