Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

13:13 02.07.2020

Tariximiz va milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan davlatimiz gerbi xalqimiz ozodligining yana bir timsoli sifatida tarixdan joy olgan sanaga ham 28 yil bo‘ldi.
Davlat gerbi tasviri mamlakatimizdagi barcha davlat tashkiloti binolari peshtoqiga o‘rnatilgan. Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog‘oz va tanga pullarda, qimmatli qog‘ozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda joy olgan.

Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasining gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbida tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.

Har bir yurtdoshimiz gerbimizda aks etgan yuksak ma’no-mazmundan cheksiz g‘urur tuyadi.  Davlatimizning barcha ramzlari qatori gerbimiz ham hayotimizdan, qalbimizdan chuqur o‘rin egallab, Vatanimiz mustaqilligining chinakam timsollaridan biriga aylangan.

Skip to content Click to listen highlighted text!