Andijon davlat tibbiyot instituti Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi katta o’qituvchisi O.O.Eshonho’jaev tomonidan stomatologiya fakulteti 401-, 402-, 403-, 404-, 405-quruhlar talabalariga “Homilador va emiziklik ayollarda dori vositalarini klinik farmakologiyasini o‘ziga xos xususiyatlari”mavzusida ochiq ma’ruza o’tkaziladi.
Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ma’ruzalar zalida bo’lib o’tgan ochiq ma’ruzada homiladorlik va emiziklik davrda dori vositalarini qo‘llanishining o‘ziga xos tomonlari yoritildi. Ochiq ma’ruza davomida axborot-kompyuter texnologiyalaridan, interfaol usullardan keng foydalanildi.
Ochiq ma’ruzada stomatologiya fakulteti dekon o‘rinbosari X.A.Qurbonov, Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, dotsent T.Abdunazarov, katta o‘qituvchi A.N.Halilov, assistentlar D.Ziyayeva, Z.Qosimovlar ishtirok etdilar.