ADTI ning 6 nafar iqtidorli talabasi Respublika fan olimpidasida faol ishtirok etib, g’olib bo’ldilar. Jumladan,
![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2019/07/1.jpg)
G’anijanov Jamoldin Alijon o’g’li
Davolash fakultetining 6-bosqich 603-guruh talabasi G’anijanov Jamoldin Alijon o’g’li Andijon davlat tibbiyot institutida “Jarrohlik” (mutaxassislik) fanidan o’tkazilgan olimpiadada I-o’rinni egalladi
![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2019/07/2.jpg)
Majidiy Ibroximjon Nabijon o’g’li
Davolash fakultetining 3-bosqich 308-guruh talabasi Majidiy Ibroximjon Nabijon o’g’li Toshkent tibbiyot akademiya Farg’ona filialida “Patologik fiziologiya” (umumkasbiy) fanidan o’tkazilgan olimpiadada II-o’rinni egalladi
![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2019/07/3.jpg)
Ibroximov Oyatillo Olimjon o’g’li
Davolash fakultetining 3-bosqich 307-guruh talabasi Ibroximov Oyatillo Olimjon o’g’li Toshkent farmatsevtika institutida “Farmakologiya” (umumkasbiy) fanidan o’tkazilgan olimpiadada II-o’rinni egalladi,
![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2019/07/4.jpg)
G’anijonov Soxibjon Voxidjon o’g’li
Pediatriya fakultetini 1-bosqich 104-guruh talabasi G’anijonov Soxibjon Voxidjon o’g’li Samarqand davlat universitetida “Zoologiya” (umumkasbiy) fanidan o’tkazilgan olimpiadada II-o’rinni egalladi
![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2019/07/5.jpg)
Jumaboyev Ilyosbek Jo’raqul o’g’li
Pediatriya fakultetini 4-bosqich 419-guruh talabasi Jumaboyev Ilyosbek Jo’raqul o’g’li Samarqand davlat tibbiyot institutida “Bolalar xirurgiyasi” (mutaxassislik) fanidan o’tkazilgan olimpiadada III-o’rinni egalladi,
![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2019/07/6.jpg)
To’raboyev Elyorbek Eldorbek o’g’li
Davolash fakultetining 2-bosqich 203-guruh talabasi To’raboyev Elyorbek Eldorbek o’g’li Toshkent davlat stomatologiya instituda “Normal fiziologiya” (mutaxassislik) fanidan o’tkazilgan olimpiadada III-o’rinni egalladilar
Ular O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’ta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 iyundagi 528-sonli buyrug’i asosida I-II-III darajali diplomlar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.