Farg’ona viloyatida Rossiya – O’zbekiston nevrologlar forumi otkazildi – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Farg’ona viloyatida Rossiya – O’zbekiston nevrologlar forumi otkazildi

15:36 30.03.2019

O’zbekiston Respuplikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Farg’ona vodiysi sog’liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Farg’ona vodiysi nevrologlar assotsiasiyasi, Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida 2019- yil 29-mart kuni Farg’ona shahrida «Neyroreabilitatsiyani zamonaviy muammolari» mavzusida Rossiya-O’zbekiston nevrologlar forumi o’tkazildi.

Tadbirni  Farg’ona viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i O.M.Umarov ochib berdi.
Forumda Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ivanovo, Ulyanovsk shahridagi nufuzli oliygoh olimlari qatnashtilar. Shu qatorda O’zbekistoning yetakchi olimlari professor  Y. N. Madjidova, G. S. Raximbayeva, E. M. Mirjurayev, akademik M. M. Asadullayev, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovlar  ham ishtirok etdilar.

Forumda Rossiya tomonidan loyiha rahbari, professor A. I. Fedin  ma’ruza qildi. Forum ishi jarayonida amaliyot shifokorlari va yosh mutaxassislar dolzarb  mavzudagi  savollarga  batafsil  javob oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!