ADTI davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasi mudiri SH.Yusupova, umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti Q.Yusupov, VMOF nevrologiya kafedrasi mudiriN.Nasriddinova, fakultet terapiya kafedrasi dotsenti B.Vaxobovlarning “Qandli diabetning etiologiyasi,patogenezi, klassifikatsiyasi, diagnostik kriteriyalari. Qandli diabetning surunkali asoratlari” mavzusidagi integral ma’ruzasi o‘tkazildi.
Ma’ruzada o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, kafedra katta o‘qituvchisi X.Chartaqova, assistentlar: V.Muxamedova, G.Xolmatova, Y.Qo‘ldasheva, 6-terapiya bo’limi mudiri D.Nishanova, endokrinologiya yo‘nalishi klinik ordinatorlari va Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti talabalari,davolash fakulteti 405-408-guruh talabalari, ishtirok etdilar.
Ma’ruza taqdimotdan foydalanilgan holda tushunarli o‘qildi. Ma’ruza yakunida talabalarga mavzu bo’yicha tayyorlangan savollar o’rtaga tashlandi. Ma’ruza qiziqarli o‘tdi.