24-27-dekabr kunlari kafedraga Xarkov milliy tibbiyot universitetining professori V.I.Smirnova tashrif buyurib, pediatriya fakultetining 4-kurs talabalariga “Hazm a’zolari tizimi kasalliklari” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, davolash fakulteti 3-kurs talabalariga ochiq namunali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun mahorat darslari o‘tdi. Kardiologiya bo‘limida bemorlarni ko‘rib tavsiyalar berdi.