Alisher Navoiy hamda Zahiddin Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlab Andijon davlat tibbiyot instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari D.T.Arzieva, I.A.Matveevalar rahbarligida pediatriya fakulteti 107-gurux talabalari adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildilar.
Tadbirda talabalar buyuk ajdodlarimiz hyoti va ijodi haqida taqdimotlar tayyorlab, g‘azal va she’r o‘qib berdilar, raqs va qo‘shiqlar ijro etdilar.
Navoiy va Bobur hayoti va ijodi bo‘yicha kichik viktorina o‘yini o‘tkazildi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ikki buyuk dahoga ehtirom sifatida tayyorlangan adabiy-badiiy tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi
D.T.Arzieva,
I.A.Matveeva.
ADTI Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari