O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti kafedralarining professor-o‘qituvchilari stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov hamda dekan o‘rinbosarlari boshchiligida umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Buloqboshi tumanidagi maktab va DIMIlarga tashrif buyurmoqdalar.
Tashrif davomida maktablardagi shart-sharoitlar bilan tanishdi, sinflarga tashrif buyurib o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotlar olib bordi va suhbat davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shuningdek, o’quvchilar qalbida o’qishga, ilm olishga, ustozga hurmat mavzulariga oid seminar-treninglar olib bordi.