Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash va sog’lom turmush tarzini aholi orasida keng targ’ib qilish vazifalari hozirgi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda o’rnatilgan qat’iy karantin davrida Andijon davlat tibbiyot institutining ko’ngillik talaba yoshlari tomonidan Andijon viloyati aholisi bilan sog’lom ovqatlanish ratsioniga amal qilish haqidagi bukletlarni ulashdilar hamda salomatlik uchun 5000 qadam aksiyasida faol bolishlari haqida tushuntirib o’tilmoqda.
Shu qatorda volontyorlar faqatgina aholi uylarida bo’libgina qolmay aholi gavjum bo’ladigon va doimiy tashrif buyuradigan oziq-ovqat do’konlari, supermarketlarga ham borib sog’lom turmush tarzini yanada kuchliroq tushuntirib o’simlik, ko’katlar va meva sabzavotlarni foydali tomonlarini ko’rsatib o’tdilar.
YOSH VOLONTYORLAR