Islomda  insonparvarlik – bosh  g‘oya – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Islomda  insonparvarlik – bosh  g‘oya

17:12 29.01.2019

ADTI ilmiy kengashlar zalida ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan  “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga  o‘rin yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov ochib, tadbirdan o‘tkazilgan  maqsadlar to‘g‘risida so‘zlab, tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi.
        Davra suhbatida viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosarlari M.Mo‘minov va Sh.Shamsutdinov, Andijon davlat universitetining O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Hayitmatovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda  tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, islom  dinini sof holda targ‘ib etish,buzg‘unchilik va shafqatsizlik g‘oyalari tarafdorlarini fosh etib, ularga qarshi ma’naviyat va ma’rifat bilan kurashish zarurligini uqtirdilar.
     Diniy ma’rifat mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili  Shavkat To‘raev ham ishtirok etdi.
     Suhbat yakunida  talabalar   mutaxassislarga mavzuga doir   savollar bilan murojaat etib, tegishli javoblar oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!