Andijon davlat tibbiyot instituti Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya kafedrasi dotsenti R.A.Hakimova, Vrachlar malaka oshirish fakulteti Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri dotsent N.S.Hakimov hamda Vrachlar malaka oshirish fakulteti Ftiziatriya kursi dotsenti V.V.Dadaboevlar tomonidan ochiq integral ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruzada Viloyat silga qarshi kurash dispanseri xodimlari, ADTI Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi o‘qituvchilari, VMOF Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi kursantlari, VMOF ftiziatriya kursi xodimlari hamda davolash fakulteti 424-, 425-, 426-, 427-guruh talabalari ishtirok etdilar.
Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi dotsenti R.A.Hakimova asosan tuberkulyozli plevritni turlarini, klinikasi, tashxisotini, kechish xususiyati va okibatlari bilan tanishtirdi. Ma’ruza prezentatsiya shaklida o‘tkazildi.
VMOF Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri dotsent N.S.Hakimov o‘z ma’ruzasida gidrotoraks va o‘pka kasalliklarini ultratovush tashxisoti asoslari bilan ma’ruza qatnashchilarini tanishtirdi.
VMOF ftiziatriya kursi dotsenti V.V.Dadaboev o‘z ma’ruzida gidrotorakslarni epidemiologiyasi, plevra bo‘shlig‘i anatomiyasi va plevra varaqlarini tuzilishi hamda vazifalari haqida aytib o‘tdi. Tinglovchilar ma’ruzalarni katta qiziqish va diqqat-e’tibor bilan tinglab, integral ma’ruzalardan juda ko‘p ma’lumot olganliklarini hamda shu tarzda boshqa mavzularda ham ma’ruzalar o‘tkazilishi taklifini bildirdilar.