Andijon davlat tibbiyot instituti “Shifokorlar” Talabalar teatr studiyasi o‘zida iqtidorli, iste’dodli yoshlarni jamlagan. “Shifokorlar” respublika miqyosidagi tanlovlarda faol ishtirok etib o‘z asarlarini keng jamoatchilikka namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.
Mamlakatimiz Prezideti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Andijon viloyati xokimligi tomonidan belgilab berilgan reja-jadvalga asosan “Shifokorlar” jamoasi Bo‘ston qurilish kommunal xo‘jalik kasb-xunar kollejida mahalliy aholi, o‘kuvchilar va ularning ota-onalari uchun Sharof Boshbekov asari asosida saxnalashtirilgan “Ko’cha bolalari” spektaklini namoyish etdilar.
Yoshlar tarbiyasi mavzusiga bag‘ishlangan “Ko’cha bolalari” spektaklini tomoshabinlar davomli olqishlar bilan kutib oldilar.
A.Abduxalimov,
ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i