Andijon davlat tibbiyot institutida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Shukronalik” tadbiri bu hafta “Marifat kelajak poydevori” mavzusi ostida o‘tkazildi. ADTI Klinikasi binosida “Shukronalik” tadbiri Urologiya kursi tomonidan o’tkazildi.
Tadbirni Urologiya kursi mudiri, dosent U.M.Rustamov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga, farzandlarimiz sog’-salomat yurganligiga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.
Urologiya kursining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli S.A.Abdulazizov va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi I.Sattiboyev tomonidan “Ayol va jamiyat” mavzusida ma’ruza qilindi.
Institut 2-o‘quv binosida “Shukronalik” tadbiri Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.
Tadbir “Marifat kelajak poydevori” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda so‘z olganlar ilm, ma’rifat insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida alohida o‘ringa ega ekanligi, har birimiz ilm-ma’rafatga intilmog‘imiz lozimligi xususida so‘z yuritdilar.
ADTI institut asosiy binosida anatomiya klinik anatomiya kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida ham ilmli inson hayotda har qanday to‘siqdan qiyinchliksiz o‘tishi, ma’naviyat, ma’rifat inson umrining ziynati ekanligi haqida fikrlar bildirildi.
“Shukronalik” tadbirlarida talabalar o‘zlari o‘qigan asarlardan ilm, ma’rifat xususida bildirilgan fikrlardan aytib berishdi va ko‘tarinki kayfiyat bilan yangi o‘quv haftasini boshlashdi.
I.Sattiboyev
ADTI ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi