2019- yil 27- mart kuni Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri “GEOTAR- Media” nashriyoti (tibbiy ta’lim uchun eng yirik mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi) kompaniyalar mintaqaviy direktori Xasxanov Ruslan Magomedovich, savdo-sotiq bo‘yicha menedjer Abdujalilova Zuhra Abdurasulovnalar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni institut rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, professor-o‘qituvchilar samimiy kutib oldilar.
Tashrif davomida “GEOTAR- Media” nashriyoti vakillari bilan birgalikda xalqaro hamkorlik bo‘limida institutning bugungi faoliyati, xususan, o‘quv-uslubiy ishlar, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari hamda tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalari – masofaviy ta’lim, onlayn konferensiyalar, o‘quv adabiyotlari va boshqalar xususida do‘stona va qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘z o‘rnida “GEOTAR –Media” nashriyoti vakillari hozirgi kundagi faoliyatlari borasida ma’lumotlar berdilar va o‘z xizmatlarini taklif etdilar. Shuningdek, kelgusida institut bilan o‘zaro hamkorlik qilishdan va ko‘maklashishdan mamnun ekanliklarini izhor qildilar.
So‘ngra mehmonlar institut simulyatsion markazida bo‘lishib, bu yerdagi tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar hamda talabalarning amaliyot jarayonlarini kuzatdilar.
Tashrif yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.