2019- yil 8- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, doktorantura va klinik ordinatura bo‘yicha mas’ul G.To‘raeva, ADTI marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni ADTI rektori M.Madazimov ochib, mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Botirov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar haqida gapirdi. Shuningdek, Namangan viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Namangan viloyatidagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislari ham bu boradagi fikrlarini bildirdilar.Namanganlik ish beruvchilar bilan ochiq muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.