Bugun, 19- fevral kuni ADTI klinikasining ma’ruzalar zalida institut faxriylar kengashi, yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat –ma’rifat bo‘limi hamda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori Odiljon Salohiddinov tashabbusi bilan pediatriya fakultetining 4-kurs talabalari ishtirokida “Oila muqaddas, uni avaylang,asrang!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda professor Z. Salohiddinov, IKP kafedrasi dotsenti R. Yuldashev, gospital terapiya va endokrinologiya, IKP kafedrasi professor –o‘qituvchilari, talabalar qatnashdilar. Tadbirni professor O.Salohiddinov ochdi va oila, oilaning shakllanishi to‘g‘risida o‘zining fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng, pediatriya fakultetining talabalari “Oila-muqaddas dargoh”, “Ayol uchun kelajak, oila, orzu nima?”, “Ota –oila ustuni”, “Oila boshqaruvi ayolga o‘tsa ..”, “Oilada hukmron bo‘lgan ayol qismati”, “Oilada ajrimlarning sabablari”, “Hayoni, iboni e’zozlang, qizlar!,”Siz baribir muqaddassiz, muqaddas ayol! kabi qiziqarli va dolzarb mavzularda ma’ruza qildilar.
Ma’ruzalar davomida oila tushunchasi, ota-onaning naqadar ulug‘ligi, onalik baxti, oilada otaning o‘rni, oiladagi turli vaziyatlar, mojarolar, yaxshi-yomon holatlar, ona mehri, farzand tarbiyasi, oilada muomala madaniyati kabi bir qator masalalar to‘g‘risida gapirdilar. Talabalar o‘z ma’ruzalarida hikmatli so‘zlar, rivoyatlar, she’rlar va ibratli hikoyalardan keng foydalanganliklari bois, ma’ruzalar mazmunli va barchaga birdek qiziqarli bo‘ldi.
Tadbir so’ngida gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’uli H.Chartaqova ham so‘zga chiqib oila, oilada qizlar tarbiyasi xususida gapirdi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar kitoblar bilan taqdirlandilar.