“O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti”

16:53 08.10.2019

Islom dini insonparvar din. Islom ta’limoti insonni insonga – u qaysi din vakili bo‘lishidan qat’iy nazar,  yaxshilik qilishga chaqiradi. Ko‘p millatli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka amal qilinadi. Bugungi kunda musulmonlarning masjidlari bilan birga diniy amallarini bajarishlari 16 dan ziyod turli din vakillarining uchun o‘z masjidlari, tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” davra suhbatida yuqoridagi fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

“O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusidagi davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Abdupatto Asxanov olib bordi. Davra suhbatiga taklif etilgan O‘zbekiston Muslumonlari idorasi vakili, Andijon shahridagi “Devonavoy” jome’ masjidi imom-hatibi Miftoxiddin Rojiddinov islom tarixida musulmonlar boshqa din vakillari bilan qo‘ni-qo‘shnichilik, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni juda yaxshi yo‘lga qo‘yganligi, islomda majburlash yo‘qligi haqida so‘z yuritdi.

Samimiy muloqot davomida talabalar imom-hatib M.Rojiddinovga islomshunos olimlar hayoti, diniy oqimlar, diniy ilm olish imkoniyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Imom-hatib talabalarning savollariga batafsil javob berdi. Barcha ishtirokchilar uchun mazmunli o‘tgan davra suhbati yakunida imom-hatib M.Rojiddinov yoshlarga hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga javoban yaxshi o‘qib malakali mutaxassislar bo‘lishlari zarurligi ta’kidlab o‘tdi, ota-onalari, xalqimiz ishonchini, albatta, oqlashlariga ishonch bildirib duolar qildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!