ADTI Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayorlash fakultetining Operativ-diagnostik endoxirurgiya, stomatologiya, urologiya kafedrasi qoshida tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Germaniya Respublikasi GIZ tashkiloti bilan xamkorlik doirasida institut klinikasida endoxirurgiya markazi tashkil qilingan bo’lib, 2019- yil 7-fevral kuni “O’zbekistonda zamonaviy yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalarda ishlovchi tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasi direktori Evelina Toteva, milliy koordinator Muratova N.X. bilan tashrif buyurdi.
Tashrif davomida VMO va QTF dekani X.X.Tursunov, ADTI klinikasi bosh shifokori, operativ-diagnostik endoxirurgiya, stomatologiya, urologiya kafedrasi mudiri B.J.Raxmonov, kafedra xodimlari va endoxirurgiya yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash kursi tinglovchilari o’rtasida tajriba almashinuvi olib borildi.