2019- yil 28- mart kuni Polsha davlati OOO “Osteosintez-CHM” kompaniyasi prezidenti Mikolay Xarkiyevich hamda mazkur kompaniya bosh direktori Osinskiy Sergey Antoniyevichlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.
Xalqaro hamkorlik bo‘limida institut rektori M.Madazimov, bo‘lim boshlig‘i K.Salohiddinov, Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, professor Q.Xudoyberdiyevlar hamda polshalik mutaxassislar o‘rtasida qizg’in suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida kompaniya vakillari bugungi kundagi olib borayotgan faoliyatlari xususida gapirib, Andijon davlat tibbiyot instituti bilan doimiy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
O‘z o‘rnida institut rektori M.Madazimov ham mazkur tashrifdan mamnun ekanligini aytib, kelgusida hamkorlik aloqalari samarali va davomiy bo‘lishligini ta’kidladi. Shuningdek, har ikki tomon vakillari Andijon davlat tibbiyot instituti va uning bazasidagi klinikaga yangi innovatsion texnologiyalar olib kelish hamda hamkorlikda yangi bo‘lim ochish bo‘yicha kelishib oldilar. Suhbat jarayoni do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Tashrif yakunida polshalik mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.