2019-yil 21-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Portugaliyaning Setubal politexnika instituti professori Selio Gabriel Figueiredo Pina va Rikardo Migel Domes Simoes Baptisnalar tashrif buyurdilar. Professorlarni institut bosh o‘quv binosida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor G’ Xodjimatov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor A.Arziqulov,boshqa professor-o‘qituvchilar va talabalar yuksak ehtirom bilan kutib oldilar.
Dastlab professor bilan xalqaro aloqalar bo‘limida o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida institut prorektori G‘.Xodjimatov institut haqida, uning bosib o‘tgan shonli yo‘li, erishilgan yutuqlar, xalqaro miqyosda ilmiy, o‘quv-uslubiy va madaniy hamkorlik qirralari haqida atroflicha gapirib o‘tdi. Shuningdek. “O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha tizimli magistrlik dasturi” granti to‘g‘risida, tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Suhbat chog‘ida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma dastur va o‘quv kurslarini olib borish yuzasidan kelishib oldilar.
So‘ngra 1-ma’ruzalar zalida Portugaliyaning Setubal politexnika unstituti professori Selio Gabriel Figueiredo Pina ishtirokida profesor-o‘qituvchilar, magistr, klinik ordinator va yuqori kurs talabalari ishtirokida “Tibbiyot sohasida tribologiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro o‘quv kursi boshlandi. O‘quv kursini institut prorektori G‘.Xodjimatov ochib berdi.
Professor Selio Gabriel Figueiredo Pina “Tibbiyot sohasida tribologiyaning o‘rni va ahamiyati ”, “Teri tribologiyasi”, “Tish tribologiyasi”, “Boshqa tizimlar tribologiyasi” mavzularida taqdimot ma’ruza qildi.
Ma’ruzada institut professor-o‘qituvchilari, magistrlari va klinik ordinatorlari va viloyatimizdagi soha mutaxassislari ishtirok etdilar.