O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetiga qarashli kafedralarning professor-o’qituvchilari muntazam jismoniy chiniqishlari, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Davolash fakultetiga qarashli kafedralarning professor-o’qituvchilari Talabalar turar joyi sport zali va mini futbol maydonida sportning futbol, voleybol, basketbol, tennis va shaxmat – shashka turlari bo‘yicha bahslashdilar.
Qiziqarli bahlarga boy bo’lgan sport musobaqalari barchaga manzur bo’ldi.
Ulug‘bek Karimov,
ADTI davolash fakulteti yoshlar
bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari