2019- yil 7-8 iyun kunlari Andijon shahrida “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga“ mavzusida xorijiy olimlar ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya 4 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
- Ichki kasalliklar profilaktikasida yangi innovatsion texnologiyalar. Kardiovaskulyar va boshqa noinfeksion kasalliklarning birlamchi va ikkilamchi Yurak-qon tomir yetishmovchiligi asoratlarini medikamentoz davolash, farmakoepidemiologiyasi va farmakoiqtisodiyoti.
- Rejali va shoshilinch jarrohlikda asoratlarni innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yordamida bashoratlash, profilaktikasi va davolash.
- Oilada o‘tkir va surunkali patologik kasalliklarning dolzarb muammolari. Bolalar va o‘smirlarda keng tarqalgan kasalliklarni erta aniqlash va davolash. Ginekologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolash.
- OIV/OITS va boshqa infeksion kasalliklar profilaktikasi, tashxislash va davolash.
Anjumanning ilmiy dasturida muzokaralar, dolzarb mavzudagi ma’ruzalar, telemuloqotlar, bahs-munozaralar, mahorat darslari, amaliy uchrashuvlar, seksiya yig‘ilishlari, ko‘rgazmalar, klinik tahlillar, yosh ilmiy xodimlar va olimlarning ilmiy muloqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya qatnashchilari sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Anjuman ishida faol ishtirok eting!