2019- yil 14 – 17 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma ota shahrida Asfendiyarov milliy tibbiyot universitetida jarrohlik va morfologiya fanlari bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu nufuzli olimpiadada 15 ta jamoa qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qaxxarov rahbarligida bir guruh talabalardan iborat jamoa ham ishtirok etmoqda.
Uch kun davom etadigan olimpiadada talabalar diagnostik laparoskopiya, introkorporal kullab koordinatsiyasi, xirurgik asboblar, teri deffektini plastikasi, ichak tikish, parenxenmatoz tikish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bellashadilar.
Olimpiadada talabalarimizga omad tilaymiz.