Qozog‘iston va Qirg‘iziston mutaxassislari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulot – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Qozog‘iston va Qirg‘iziston mutaxassislari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulot

09:19 09.11.2019

Jahon tibbiyot sohasidagi yangiliklarni  o‘zlashtirish, ta’lim samaradorligi oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot  institutida xorijiy oliy ta’lim muassaslari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir kafedra mashg‘ulotlarga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning malakali mutaxasislarini taklif etmoqda. Bu esa talabalarning darslarga, amaliy mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishi bilan birga, kasbiy mahoratini, bilimini ham boyitmoqda.

Institut Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi tomonidan o’tkazilgan mashg‘ulotda akademik mobillik bo‘yicha tashrif buyurgan G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti Anatomiya va Operativ jarrohlik kafedrasi dotsenti Klara Batenovna Darjanova va Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universiteti professori, t.f.d., gistalogiya va patanatomiya kafedrasi mudiri Suynali Toktonazarovich Shatmanov ishtirok etdi.

Qardosh davlatlar mutaxassislari ishtirok etgan mashg‘ulot “Qorin oldingi va yon devorlarining anatomik va gistologik tuzilishi, topografik anatomiyasi va shu sohalarda bajariladigan operativ jarrohlik” mavzusida bo‘ldi.

Mashg‘ulot avvalida Andijon davlat tibbiyot  instituti Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Rustam Latipovich Ubaydullaev mavzuga kirish bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, xorijlik mutaxassislar K.B.Darjanova va S.T.Shatmanovlar ma’ruza qilishdi. Ma’ruzalar yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtigan savollarga xorijlik mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!