2018- yil 24- noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Sankt –Peterburg davlat tibbiyot universitetining Oftalmologiya kafedrasi mudiri Brjskiy Vladimir Vsevolodovich Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Shu kuni V. Brjskiy ADTI rektori M.Madazimov bilan uchrashib, bugungi kunda institutda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy ishlar, hamkorlik aloqalari xususida suhbatlashdi, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Shundan so’ng, Andijondagi “Bog‘ishamol” mehmonxonasining majlislar zalida rossiyalik yetakchi mutaxassis ishtirokida “Quruq ko‘z sindromi – sivilizatsiyaning kasalligidir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada ADTI oftalmologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, magistrlar va klinik ordinatorlar qatnashdilar.
Tadbirda V.Brjskiy quruq ko‘z sindromi kasalligining kelib chiqishi,tashxisi, patogenezi va kasallikda qo’llaniladigan dori vositalari, zamonaviy davolash usullari to’g’risida ma’ruza qildi.
Ma’ruzadan so‘ng konferensiya qatnashchilari bilan savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.