2019-yil 11-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasiga Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi akademik N.N.Burdenko nomidagi milliy ilmiy –amaliy neyrojarrohlik markazi professori, tajribali neyrojarroh A.V.Kozlov tashrif buyurdi.
Shu kuni A.Kozlov kafedra professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari va talabalar bilan uchrashib, “Bosh miya to‘qimasi va kalla suyaklari jarohatlarini tashxisi va davolashning zamonaviy usullari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada ADTI o‘quv bo‘limi boshlig‘i G.Nazarova, Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri Q.Qo‘ldoshev hamda davolash fakulteti 4-kurs talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari mavzu bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.