Rossiyalik neyroxirurg ishtirokida mahorat  darsi – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Rossiyalik neyroxirurg ishtirokida mahorat  darsi

16:53 20.11.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti qoshidagi konsultativ-metodik neyroxirurgiya  markaziga, shartnomaviy  reja  asosida,  2019-yil  10-noyabrdan   19-noyabrgacha  Rossiya Federatsiyasi  akademik  N.N.Burdenko  nomli  Neyroxirurgiya  milliy   tibbiy ilmiy  markazidan  etakchi  mutaxasis, ,,Voprosы neyroxirurgii“ jurnali  ma’sul  redaktori  A.V.Kozlov  tashrif  buyurdi.

Tashrif  davomida  stomatologiya   fakulteti  4-kurs  talabalariga  Neyroxirurgiya  fanidan  na’munaviy  rejada  ko‘rsatilgan  mavzular  bo‘yicha  o‘quv-ilmiy  ma’ruza  o‘qidi.

Rossiyalik neyroxirurg  tashrif  davomida  20 dan  ortiq bemorlarni  yuqori  malakali  ko‘rikdan  o‘tkazdi.  5 ta  bemorda  mahorat  darsi  sifatida   operatsiyalar  bajardi.

Tashrif  vaqtida  Konsultativ-metodik  markazga  tashxislarda  yuqori  malakali  va  sifatli  natijalarga  erishishi  uchun  asbob-ash’yolar  takdim  etdi.

K.A.Kuldashev

    ADTI  qoshidagi  Neyroxirurgiya  konsultativ 

metodik  markazi  koordinatori, dotsent

Skip to content Click to listen highlighted text!