Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ma’ruzalar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tibbiy radiologiya va onkologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nasrullo Hakimovning ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Dotsent N.Hakimov “Gepatobiliar tizim a’zolari ultratovush anatomiyasi va tekshiruv texnologiyasi” mavzusida ma’ruza qilib, kursantlarga dastlab jigar to‘g‘risida anatomik tushuncha berdi. Shuningdek, jigarning exografik belgilari, o‘lchamlari, tomirlari, bo‘lak va segmentlarini ultratovush orqali ko‘rish va xulosalash borasida gapirdi.
Ochiq ma’ruza davomida shifokor-tinglovchilarga mavzuni tushunarli tarzda yetkazib berishda yangi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanildi.
Ma’ruza yakunida mavzu yuzasidan savol-javoblar bo‘ldi hamda kursantlarning dars davomida olgan bilimlari noan’anaviy usullar orqali baholandi.